“Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi

289

Joriy yilning 20-30-mart kunlari Navro‘z bayrami munosabati bilan Turizm qo‘mitasi tomonidan “Yoshlar turizmi haftaligi” tadbirlari o‘tkaziladi. Haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlar respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlari mumkin.

Ushbu haftalik doirasida respublikadagi joylashtirish vositalari hamda ovqatlanish shoxobchalari tomonidan 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.

Shuningdek, “Vaqf” xayriya fondi tomonidan yurtimizdagi 182 ta ziyoratgoh va muqaddas qadamjolarda bepul sayohat qilish hamda muzey va ziyoratgohlarga kirish chiptalari uchun 50 foizgacha chegirmalar belgilangan.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA