Yosh voleybolchilar Qoraqalpog‘iston chempionatida bellashdi
FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida 2011-2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda barcha tumanlar va Nukus shahridan 500 nafarga yaqin sportchi 30 jamoa tarkibida ishtirok etdi.
Qizlar o‘rtasidagi o‘yinlar Xo‘jayli tumani sport maktabida, o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar Nukus davlat pedagogika instituti sport zalida o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, qizlar bahsida Mo‘ynoq tumani jamoasi birinchi, Qorao‘zak tumani voleybolchilari ikkinchi, Xo‘jayli tumani jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida mezbon jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Beruniy tumani sportchilari ikkinchi, amudaryolik voleybolchilar uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA