Bino auksionga chiqarildi

203

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan ushbu tumandagi “Igilik-gaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatdan jami 6 milliard so‘mdan ortiq soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini ta’minlamaslik oqibati tushuntirildi. Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, unga tegishli bo‘lgan Qo‘ng‘irot tumani “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan mehmonxona imorati tegishli tartibda xatlovga olindi.

Ushbu ko‘chmas mulk 12,5 milliard so‘mga baholanib, joriy yilning 11 mart kuni elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarildi. Undan tushgan pul mablag‘i davlat byudjeti oldidagi qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri