Quyonchilikni rivojlantirishda Taxiatosh tajribasi joriy etiladi
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yoshlarning bandligini ta’minlash va yoshlar o‘rtasida quyonchilik sohasini rivojlantirish maqsadida ko‘rgazmali o‘quv seminari tashkil qilindi.
Seminar doirasida tumandagi ishsiz bo‘lgan 30 nafar yoshga 330 bosh zotdor quyon subsidiya asosida topshirildi. Har bir yoshga 11 boshdan quyon berilibgina qolmay, bu quyonlar uchun maxsus kataklar va 1 oylik ozuqa mahsulotlari ham tarqatildi.
Seminarda tajribali mutaxassislar tomonidan yoshlarga zotdor quyonlarni boqish va parvarishlash bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA