Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

160

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda hududdagi ishsiz fuqarolarni, shu jumladan vaqtincha ishsiz bo‘lgan aliment to‘lovchi shaxslarni ish bilan ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Chimboy tumanidagi “Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida tashkil etildi. Unda oliy o‘quv yurtlari, kollej va litsey bitiruvchi yoshlari, shuningdek, ishsiz bo‘lgan jami 70 nafardan ziyod fuqaro ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasiga tumandagi 60 ta muassasa, korxona va tadbirkorlik sub’ekti o‘zlaridagi mavjud 126 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida 10 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 9 nafar fuqaroga kasbga qayta tayyorlash kurslariga yo‘llanma berildi. 27 nafari mehnat munosabatlariga oid sohalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan tegishli javob oldi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri