Aholi salomatligi – e’tiborda
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 52-oilaviy poliklinika “Tazg‘ara” ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan bo‘lib, hududda yashovchi 4 ming 800 dan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi.
O‘tkan 2024 yilda muassasada 495 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, moddiy-texnik bazasi yaxshilandi. Xususan, ultra tovushli tekshirish, yurak qon tomirlarini tekshirish kabi bir qancha zamonaviy tibbiyot uskunalari hamda zarur jihozlar bilan ta’minlandi.
Ro‘yxatdan o‘tish, UTT, EKG, laboratoriya, avtoklab, stamotologiya, kunduzgi davolash, ayollarni va bolalarni ko‘rikdan o‘tkazish xonalarida zarur shart-sharoit yaratilgan.
Poliklinika tibbiyot xodimlari aholi salomatligini mustahkamlash va turli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish borasida profilaktik tadbirlar, targ‘ibot ishlarini ham muntazam olib bormoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA