100 yoshli tabarruk onaxon holidan xabar olindi

172

JamiyatTanlash

Ro‘yxatdan o‘ting
11:35 / 12.03.2025

Yurtimizda muborak Ramazon oyida hamda Navro‘z umumxalq bayrami arafasida tabarruk otaxon va onaxonlarga yuksak hurmat ko‘rsatilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani hokimi V.Niyazimbetov “Qashqo‘ra” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 100 yoshli onaxon To‘xta Kenjayeva xonadoniga tashrif buyurdi. Tabarruk onaxonni umumxalq Navro‘z bayrami hamda muborak Ramazon oyi bilan muborakbod etdi. Unga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining “Ardoqli nuroniy” ko‘krak nishoni hamda sovg‘alar topshirildi.

Quvonch bilan qo‘llarini duoga ochgan To‘xta momo “Ilohim, yurtimiz doim tinch, hayotimiz farovon, Prezidentimiz omon bo‘lsin. Dehqon va bog‘bonlarimizning ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin. Dasturxonimiz to‘kin, qalbimiz butun bo‘lsin. Barchaga yangi islohotlarni amalga oshirishida kuch-g‘ayrat yor bo‘lsin”, deya niyat bildirdi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri