Qoraqalpoq merosi haqida hujjatli film
Davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpoq milliy cholg‘u asbobi bo‘lgan qo‘bizni va jirovchilik san’atini YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
Qo‘rqut otadan meros bo‘lib, necha asrlar oshib, talay jirovlar tilida dostonlarni, to‘lg‘ovlarni xalqqa yetkazgan qo‘biz – Qoraqalpoq xalqining o‘ziga xos milliy cholg‘u asbobi bo‘lib, u bilan bog‘liq jirovchilik san’ati Qoraqalpog‘istonning nomoddiy madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadi.


Bugungi kunda Prezidentimiz topshirig‘ining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda. Xususan, amaliy ishlar doirasida YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan Qo‘biz cholg‘u asbobi hamda jirovchilik merosi haqida hujjatli film tayyorlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri