Orolbo‘yi xotin-qizlariga ehtirom ko‘rsatildi
Nukus shahridagi Oqqush majmuasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi RaisiAmanbay Orinbayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi.
Ta’kidlanganidek, bu bayram uyg‘onish fasli, mehr-oqibat vamuhabbat, nafosat timsoli bo‘lgan ayollarga bo‘lgan alohidahurmat-e’tiborni o‘zida mujassametadi. Zero, biz go‘zallik va mehr-oqibatning eng yuksak fazilatini muqaddas onalarimiz va mo‘’tabar ayollarimiz timsolida ko‘ramiz. Ayniqsa, Prezidentimizning aziz onalarimiz va opa-singillarimizga qarata aytgan “Sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir”, degan so‘zlari naqadar hayotiy haqiqat ekanini barchamiz chuqur anglaymiz.
Darhaqiqat, ayollar timsolida insoniyatning eng yuksak fazilatlarini o‘zida mujassam etgan, go‘zallikning eng ajoyib namunalarini va hayot nafosatini, kelajakka ishonchni ko‘ramiz. Shuni alohida ta’kidlashimiz lozim, yurtimizda xotin-qizlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani – ularga bo‘lgan cheksiz g‘amxo‘rlik, yuksak ishonch va e’tiborning ifodasidir.
Bu borada qabul qilinayotgan farmon va qarorlar asosida ayollarimizni qadrlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdek ezgu ishlarni yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Bunga misol sifatida aytadigan bo‘lsak, o‘tgan yilning o‘zida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 56 ming nafardan ortiq xotin-qizni qo‘llab-quvvatlash uchun jami 64,3 milliard so‘mlik amaliy yordam ko‘rsatildi. 18 ming nafardan ortiq xotin-qiz uchun doimiy ish o‘rni yaratilib, 9 ming nafardan ziyod xotin-qiz jamoat ishlariga jalb etildi. Bundan tashqari, 17 ming nafarga yaqin xotin-qiz kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi, 19 ming nafarga yaqin tadbirkor ayolga 255 milliard so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi. O‘zini o‘zi band qilgan 3 ming nafardan ortiq xotin-qizga zarur asbob-uskuna uchun 21 milliard so‘mlik subsidiya ajratilib, 391 nafar xotin-qiz uy-joy bilan ta’minlandi.
So‘nggi yillarda, yurtimizda bo‘lajak onalar, kelajak tarbiyachilari bo‘lgan qizlarimizning kamol topishiga, ularning oliy ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunar va zamonaviy texnologiyalarni, xorijiy tillarni egallashga katta ahamiyat berilmoqda. Xususan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridagi 14 ming nafardan ortiq xotin-qizga 128 milliard so‘mlik ta’lim krediti ajratilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj 150 nafar talaba xotin-qizning 1,2 milliard so‘mlik kontrakt mablag‘i to‘lab berildi. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlariga 108 nafar xotin-qiz imtiyozli grant asosida va 5 yillik stajga ega 33 nafar xotin-qiz to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori bilan yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi xizmati uchun faol xotin-qizlarga faxriy unvonlar, “Ardoqli nuroniy”, “Ibratli ayol”, “Vatan fidoyisi”, “Umid uchquni”, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Vazirlar Kengashining “Faxriy yorlig‘i” topshirildi.
– Mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilishga alohida ahamiyat berilmoqda, – deydi Taxiatosh tumani “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, “Vatan fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibasi Gulnora Nurlepesova. – O‘tgan yili 170 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritildi. Shundan 15 nafar xotin-qizga subsidiya asosida asbob-uskuna olib berilib, 3 nafar ayol doimiy ish joyiga joylashtirildi. Uch nafar xotin-qizga “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” hisobidan davolanish uchun pul mablag‘i o‘tkazib berildi. 43 nafar ayolga “Ayollar daftari” jamg‘armasidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.
Tantanali tadbir san’at ustalarining konsert dasturi bilan davom etdi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA