Pedagoglar “Ayollar spartakiadasi”da bellashdi

144

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tibbiyot sohasi yo‘nalishidagi oliy ta’lim va o‘rta maxsus bilim yurtlarining pedagog xodimlari o‘rtasida “Ayollar spartakiadasi” o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan 100 nafardan ziyod xotin-qiz sportning darts, shaxmat-shashka va voleybol turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vazirligi tomonidan musobaqaga biriktirilgan tajribali hakamlar o‘yinni xolis baholab bordi.

Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, “Eng yoshi katta ishtirokchi”, “Eng qobiliyatli ishtirokchi”, “G‘alabaga bo‘lgan harakati uchun”, “Eng yoshi kichik ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA