Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

208

Ayollarimizni bezovta qilayotgan eng katta masala, bu – ishsizlik. Shu bois, mamlakatimizda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha katta dasturlar amalga oshirilayapti. O‘tgan yilning o‘zida bu maqsadlarga 17 trillion so‘m kredit ajratildi. Ana shunday e’tibor tufayli ayol tadbirkorlarimiz o‘tgan yili 81 trillion so‘mlik mahsulot yaratib, 450 million dollarlik eksportni amalga oshirgani, albatta, tahsinga sazovordir.

Masalan, Navoiy shahrida qandolat va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkor Shahnoza Karimova 50 nafar ehtiyojmand xotin-qizni o‘qitib, ishga olgan. Shulardan 10 nafariga uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich to‘lovni to‘lab bergan.

–Eng muhimi, bunday saxovatpesha tadbirkor ayollar barcha hududlarimizda ko‘plab topiladi. Ular “Men – bunyodkor ayolman” degan loyihani ilgari surib, mahallalarda minglab ayollarni kasb-hunarga o‘qitib, daromadli qilish tashabbusini bildirgani, to‘g‘risi, meni juda ruhlantirdi. O‘ziga katta ijtimoiy mas’uliyat olgan mana shunday ishbilarmon xotin-qizlarni “Yangi O‘zbekistonning bunyodkor ayollari” deb bilaman va ularga chuqur minnatdorlik izhor etaman. Ularga qanday qo‘shimcha sharoit va yengilliklar kerak bo‘lsa, yaratib berishga tayyorman.

Shu boradagi amaliy qadam sifatida Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etsak, nima deysizlar, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlar bayramida so‘zlagan nutqida. – Ushbu kengash joylarda ayol tadbirkorlarni qiynayotgan hayotiy muammolarni hal qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri parlament oldiga masala qo‘ysa, o‘ylaymanki, ayni muddao bo‘ladi.

Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova bu ishlarga bosh-qosh bo‘lishm aytildi.

O‘zA