230 ta tug‘ruq muassasasi eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi

Xotin-qizlarning salomatligi – har tomonlama sog‘lom va qudratli jamiyat poydevoridir.
Shu maqsadda yurtimizdagi 230 ta tug‘ruq muassasasi 21 mingta eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, joriy yilda 1,5 million nafar xotin-qizda saraton kasalligini erta aniqlash maqsadida skrininglar o‘tkaziladi.
Ayollar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport ommalashib borayotgani jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga katta turtki bermoqda. Shu bois, bu yil barcha mahallalardagi 4 million xotin-qiz ommaviy sport musobaqalariga jalb qilinadi.
–Biz bir muhim haqiqatni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz zarur. Ayollar sog‘lom bo‘lsa – oila mustahkam bo‘ladi, ularda ma’naviy muhit, ishchanlik kayfiyati yuksaladi, kelajakka ishonch ortadi, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlar bayramida so‘zlagan nutqida.
O‘zA