Bojxonachi ayollar sovrindor

280

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ayol xodimalari ishtirokida “To‘maris izdoshlari” nomli sport musobaqalari o‘tkazildi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan musobaqada qoraqalpog‘istonlik bojxonachi ayollar faxrli ikkinchi  o‘rinni egalladi. Xalqaro sport standartlariga muvofiq o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar 200, 400 va 800 metrga yugurish,  AK-74 hamda PM qurollarini tez vaqt ichida to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish hamda estafeta yugurish turlari bo‘yicha bellashdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, 800 metrga yugurish bo‘yicha bojxona xodimasi N.Alavatdinova uchinchi,  AK-74 hamda PM qurollarini tez vaqt ichida to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha A.Turdimuratova birinchi, estafeta yugurishda ikkinchi, umumjamoa hisobida ham ikkinchi o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri