O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi ishchi guruhi Qoraqalpog‘istonda

244

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 13 fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan hamda ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish, aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Ushbu yig‘ilishda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, aholi o‘rtasida sportni ommaviylashtirish, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tilib, 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish maqsad qilingani ta’kidlangan edi. Buning uchun tayyorgarlikni kuchaytirish, sport federatsiyalarining ishlarini yanada rivojlantirish zarurligi alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu vazifalarning bajarilishini ta’minlash hamda bu boradagi sharoitlarni yaqindan o‘rganish uchun O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining ishchi guruhi a’zolari Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi.

Assotsiatsiya Bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev hamda rais maslahatchisi, xorijiy ekspert Baek Mun Jong respublika hududidagi sport maktablarida bo‘lib, seleksiya va sport zaxirasini rivojlantirish yuzasidan tegishli vakillar, tajribali murabbiy va sportchi yoshlar bilan uchrashdi, yaqindan muloqot qildi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA