AQSH va Isroil yangi taklifga qarshi chiqdi

173

Qo‘shma Shtatlar va Isroil arab davlatlari rahbarlarining G‘azo sektorini qayta qurish tashabbusini rad etdi. Bu loyiha 2,1 million falastinliklarga o‘z vatanlarida qolish imkonini beradi, deb yozdi “IRNA”axborot agentligi.

Joriy yilning 4 mart kuni Qohirada bo‘lib o‘tgan sammitda arab davlatlari yetakchilari tomonidan ma’qullangan bu taklif AQSH prezidenti Donald Trampning G‘azoni qo‘lga olish va aholini ko‘chirish rejasiga ziddir.

Arab Ligasining favqulodda sammitida ma’qullangan mazkur reja Misrning tashabbusi bilan tayyorlandi.

Musulmon Ziyo, O‘zA