Xitoyda Xalq siyosiy maslahat kengashi sessiyasi boshlandi (+video)

232

Pekin shahrida Xitoyning oliy siyosiy maslahat organi — Xalq siyosiy maslahat kengashi Milliy qo‘mitasi yillik sessiyasi ish boshladi.

XXR Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi 14-chaqiriq uchinchi sessiyasining ochilish marosimida Rais Si Szinpin va boshqa yetakchilar ishtirok etmoqda.

Dastlab majlis kun tartibi ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.

Xitoy KP Milliy qo‘mitasi raisi Van Xunin Doimiy qo‘mita nomidan ma’ruza qildi.

Ma’lum qilinishicha, ikkinchi sessiyasidan buyon siyosiy maslahatchilar tomonidan jami 6 019 taklif kiritilgan. Shundan 5 091 taklif rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan va 99,9 foizi qayta ishlanib, muhokamaga yuborilgan.

E’tiborlisi, Xalqaro matbuot aloqa markazi almashinuv dasturi ko‘magida ayni payt  O‘zA muxbiri ham ushbu muhim siyosiy tadbirga bevosita guvoh bo‘lyapti.

Nozimbek Mardonov (foto, video), O‘zA

Xitoy, Pekin shahri