AQSH Ukrainaga harbiy yordamini to‘xtatdi

194

Prezident Donald Tramp Oval kabinetdagi “yoqimsiz” uchrashuvdan so‘ng Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda biroz “tin” olmoqchi. Eshiklar qayta ochilishi Vladimir Zelenskiyning Rossiya bilan tinchlik muzokarasiga kirishishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Euronews” yozdi.

Oq uy rasmiysi aytishicha, AQSH “yechimga hissa qo‘shayotganiga ishonch hosil qilish uchun” o‘z yordamini vaqtincha chekladi. Tanaffus AQSH ko‘magi batamom to‘xtaganini anglatmaydi.

Ma’lumki, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi 2024 yil saylovda g‘alaba qozonishi arafasida Ukrainadagi urushni 24 soat ichida tugatishga va’da bergan edi. Ayni dam u ukrainalik hamkasbidan noroziligini ko‘p bor bildirib, agar sulhga erishilsa, RF raxbari Vladimir Putin tinchlikni saqlashiga ishonish mumkinligini ta’kidlamoqda.