Abxaziyada prezident saylovi o‘tkazildi

191

Abxaziyada prezidentlik saylovi ikkinchi bosqichida 54,73 foiz ovoz to‘plagan Badra Gunba g‘olib chiqdi. Bu haqda Respublika Markaziy saylov komissiyasi raisi Dmitriy Marshanga tayanib “RIA Novosti” xabar qildi.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, saylovda qatnashgan 100 412 fuqarodan 54 954 nafari Gunba uchun ovoz bergan. Uning raqibi – muxolifat vakili Adgur Arzinbani 41,54 foiz, ya’ni 41 708 kishi qo‘llagan.

Birinchi bosqichda bu ikki da’vogar mos ravishda 46,38 va 36,92 foiz natija qayd etgan edi.