Qidiruvdagi avtomashina topildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanlararo sudining 2025 yil 20 yanvardagi ijro hujjatiga asosan qarzdor T.B.dan “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki Nukus filiali foydasiga 182,6 million so‘m undirish, uni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan “TRACKER” rusumli avtomashinaga qaratish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorning nomida bo‘lgan avtotransport vositasi uning yashash manzilida aniqlanmagan va shu sababli unga nisbatan joriy yil 16 fevraldan qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘’basi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlaridan birida qarzdorga tegishli avtomashina To‘rtko‘l tumanida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning biridan topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Avtotransport vositasi yonib ketganligi va yong‘in uchirilganligi aytilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri