Tojikiston: saylovda hech qanday qonunbuzarlik aniqlanmadi
2 mart kuni Tojikistonda bo‘lib o‘tgan parlament quyi palatasiga saylovda 71,3 foiz ovoz to‘plagan hukmron Xalq demokratik partiyasi g‘alaba qozondi.
Markaziy saylov komissiyasi rahbari Baxtiyor Xudoyorzoda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilishicha, XDP vakillari 49 deputatlik o‘rnini qo‘lga kiritgan: 12 tasi partiyaviy ro‘yxat, 47 tasi bir mandatli saylov okrugi bo‘yicha.
Shshuningdek, agrarchilar – 5, Iqtisodchi-islohotchilar – 3, Sotsialistik va Demokratik partiya bittadan o‘ringa ega bo‘ldi.
4 712 967 nafar saylovchi ovoz bergan saylov davomida hech qanday qonunbuzarlik holati aniqlanmagani ham e’tirof etildi.
– 887 saylov uchastkasida bo‘ldik, – dedi MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari Leonid Alfimov jurnalistlarga. – Missiya saylov natijaiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarlik qayd etmadi. MSKga saylov jarayoni yuzasidan hech qanday shikoyat kelib tushmadi. Tojikiston parlamenti quyi palatasiga saylov Hamdo‘stlik mamlakatlarida qabul qilingan demokratik me’yor va standartga muvofiq erkin, oshkora, muqobillik asosida o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, missiya tarkibida MDHning barcha davlatlaridan 157 kishi bor edi.
S.Rahimov, O‘zA