Makron YeI mudofaa xarajatini 3,5 foizgacha oshirishni taklif qildi

201

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron yakshanba kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar mudofaa xarajatini umumiy yalpi ichki mahsulotning 3-3 yarim foizigacha chiqarish tashabbusini ilgari surdi, deb yozdi “China Daily” nashri.

London sammitida ishtirok etgandan so‘ng “Le Figaro” gazetasiga bergan intervyusida farang yetakchisi ittifoq tarkibidagi mamlakatlar Amerikaning umumiy mudofaa tizimidan uzil-kesil chiqishiga tayyorgarlik ko‘rishi va qit’a xavfsizligini ta’minlash uchun yirik sarmoya kiritishi kerakligini aytdi.

Yevropa Kengashi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, 2024 yil YeI mudofaa uchun yo‘naltirgan jami xarajat taxminan 326 milliard yevroga yetdi. Bu YAIMning taxminan 1,9 foizini tashkil qiladi.