Bugun Elit Osiyo chempionlar ligasida nimchorak final o‘yinlari start oladi
3 mart kuni futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi o‘yinlari start oladi.
Bugun “Istiqlol” – “Al-Nasr” va “Al-Vasl” – “Al-Sadd” o‘rtasidagi o‘yinga guvoh bo‘lsak, “Paxtakor”- “Al-Hilol” hamda “Al-Rayan” – “Al-Ahli” jamoalari 4 mart kuni o‘zaro raqobatlashadi.

Biz uchun ahamiyatlisi albatta, ertaga poytaxtimizdagi “Jar” stadionida soat 21:00 da o‘tadigan “Paxtakor” va “Al-Hilol” o‘yinidir. Har ikki jamoa Chempionlar ligasi tarixida 20 yildirgi ishtirok etib kelmoqda va ushbu jamoalar musobaqa doirasida o‘zaro 8 marotaba to‘qnash kelgan.
Umid qilamizki, mazkur uchrashuvda poytaxtimiz klubi qit’amizning eng kuchli jamoasiga qarshi munosib o‘yin namoyish etadi.
Ma’lumot o‘rnida: 1/8 finalning birinchi o‘yinlari 3-4 mart, javob uchrashuvlari esa 10-11 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Chorak final, yarim final va final o‘yinlari markazlashgan tartibda faqat Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA