Bokschilarimiz “Stranja” turnirini 8 medal bilan yakunladi

205

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy “Stranja” xalqaro turniri o‘tkazildi. Musobaqada To‘lqin Qilichev boshchiligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin, 1 kumush va 2 ta bronza medal jamg‘ardi.

Musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Shahzod Muzaffarov, Xo‘janazar Nortojiyev, Fazliddin Erkinboyev, To‘rabek Habibullayev va Jahongir Zokirov oltin, Behruz Xoldorov kumush, Asilbek Jalilov va Javohir Ummataliyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, jami 8 ta medalga ega chiqqan terma jamoamiz umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA