Terma jamoamiz sablya yo‘nalishida Osiyo chempioni bo‘ldi

Kuvaytda o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqa doirasida sablya yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi.
Unda Fernanda Luiza Lara Errera, Aykoz Jumamuratova, Gulistan Perdibayeva va Samira Shokirova kabi qilichbozlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini yengib, 16 ta terma jamoa orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Chempionat yakuniga ko‘ra, Hong Kong ikkinchi, Janubiy Koreya va Qozog‘iston terma jamoalari uchinchi o‘rindan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA