Shpagachilarimiz ham Osiyo chempioniga aylandi
184

Kuvayt mamlakatida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qilichbozlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Jumladan, qit’a birinchiligining qizlar o‘rtasida o‘tgan shpaga yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy bahslarda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniya, Singapur va Xitoy Taypeyi termalarini yengib finalga yo‘l oldi va so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida Yaponiya termasini 45:34 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa, tarkibida Aziza Hamidov, Dilnaz Murzatayeva, Sanam Nazarova hamda Bibimaryam Saparova bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA