Misr va Falastin Bosh vazirlari G‘azoni qayta qurish rejasini muhokama qildi

Misr Bosh vaziri Mustafo Madbuliy kecha Falastin Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad Mustafo bilan uchrashib, G‘azo sektorini tezroq tiklash va rekonstruksiya qilish rejasini muhokama qildi. Bu haqda Misr Vazirlar Mahkamasi bayonotiga tayanib, “Al-Qohira yangiliklari” nashri xabar tarqatgan.
Muloqot chog‘ida Madbuliy Misr tomonidan falastinliklarning qonuniy, ayniqsa o‘z taqdirini o‘zi belgilash va mustaqil yashash huquqi qo‘llab-quvvatlanishini eslatdi. Hukumat sektorni falastinliklar anklav ichida saqlab qolingan holda tezroq tiklash bo‘yicha keng qamrovli reja tayyorlaganini ma’lum qildi. U mamlakatning o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini barcha bosqichlar asosida muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan intilishi qat’iy ekanini yana bir bor ta’kidladi. G‘azoni qayta qurish orqali ayni masalada Falastin xalqi to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini tasdiqladi.

Muhammad Mustafo, o‘z navbatida, Misrga samimiy qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar Misr va Falastin o‘rtasidagi qayta qurish rejasi 4 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Arab ligasi favqulodda sammiti oldidan e’lon qilinishi zarurligini ma’qulladi. Shuningdek, jarayonni nazorat qilishga qaratilgan sa’y-harakatni muvofiqlashtirish masalasi ham muhokama qilindi.
M.Pirmatova, O‘zA