Londonda Starmer va Zelenskiy muzokara o‘tkazdi

141

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi Londonda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama muzokara Ukraina bo‘yicha sammit oldidan tashkil etildi, deb xabar berdi DW nashri.

Zelenskiy 1 mart kuni Dauning ko‘chasi 10-uyda joylashgan hukumat boshlig‘i qarorgohiga tashrif buyurgan. Muloqot bir soat davom etdi. Uchrashuvdan so‘ng Starmer mehmonini avtomashinasigacha kuzatib pirma.

Suhbat chog‘ida Bosh vazir Ukraina Qirollik bo‘ylab keng qo‘llab-quvvatlanayotganini bildirdi:

– Eshitib turganingizdek, tashqaridan kelayotgan ovozlar butun mamlakatdagi xayrixohlikning tasdig‘i. Biz siz bilanmiz va Ukraina bilan birga qolamiz.

Starmer Britaniyaning Ukrainaga yordami qat’iyligini takrorlab, ko‘mak uzoq muddat davom etishini va Yevropada barqaror tinchlik o‘rnatish uchun Kiyevning suvereniteti va xavfsizligiga asoslanishi zarurligini ta’kidladi.

Sharqiy Yearopa davlati yetakchisi Britaniya Qirolligi va  fuqarolariga muvaffaqiyatli tarafdorlik uchun rahmat aytdi. Shuningdek, tashrifi davomida Qirol Charlz III bilan ham uchrashish niyatida ekanini ma’lum qildi.

– Biz sizdan qo‘llab-quvvatlov kutamiz, – dedi u qarorgohni tark etarkan.

Ukraina ommaviy axborot vositalari yozishicha, Buyuk Britaniya Kiyevning mudofaa ehtiyoji uchun 2,6 milliard funt-sterling miqdoridagi qarz kelishuvini imzolagan.

Zelenskiy AQSHda Tramp bilan bahslashib qolgandan so‘ng Londonga kelgan. Eslatib o‘tamiz, bugun bu yerda Ukraina bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tadi.

M.Pirmatova, O‘zA