Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlandi

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Qarorga muvofiq:
Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament;
Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi tasdiqlandi.
Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017 yil 7 iyuldagi 476-son qarori ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgandan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Ushbu Texnik reglament muomalaga chiqarilgan tayyor mahsulotlar bo‘lgan metall, polimer, plastmassa, qog‘oz, karton, shisha, rezina, rezinoplastik va kompozit materiallar, to‘qimachilik materiallari, keramika O‘zbekiston asosidagi qadoqlarga, shu jumladan, qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligiga nisbatan qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi.
O‘zA