Chiqindi to‘plash shoxobchasi bo‘lmasa, quruvchi xonadonlarni foydalanishga topshira olmaydi (+video)

137

Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni shakllantirish masalalariga dunyoning ko‘plab davlatlari katta e’tibor qaratadi. Joriy tartib-qoidalarga rioya qilmagan fuqarolarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.

Qonunchilikda yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarni chiqindi to‘plash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilishni taqiqlash, yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarning chiqindi to‘plash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtirilishi belgilab qo‘yilgan.

Ya’ni, ko‘p qavatli uylarda quruvchilar tomonidan aholi uchun maishiy chiqindi to‘plash shoxobchasini qurish inobatga olinmagan bo‘lsa, uyni loyihalashtirish va foydalanishga topshirishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi yetakchi mutaxassisi Azizbek Tursunaliyev bu bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Muhayyo Toshqorayeva yozib oldi.

O‘zA