Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida 8 ta medal jamg‘ardi

Malayziyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Quvonarlisi, mazkur chempionatda O‘zbekiston 3 ta oltin va 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada hamyurtimiz Samira Ismoilova 2 tadan oltin va bronza medaliga ega chiqdi. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, Samira yakkalik ta’qib poygasi dasturida 3000 metr masofani 3:46.800 daqiqada bosib o‘tdi va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va jahon rekordini ham o‘rnatdi.


Quyida velosportchilarimizning Osiyo chempionatidagi erishgan natijalari bilan tanishasiz:
Oltin medal:
Kattalar: Dmitriy Bocharov, skretch
Yoshlar: Samira Ismoilova, omnium
Yoshlar: Samira Ismoilova, yakkalik ta’qib poygasi (Osiyo va jahon rekordi)
Bronza medal:
Yoshlar: Samira Ismoilova, ochkolar uchun guruh poygasi,
Yoshlar: Samira Ismoilova va Nadejda Barteneva, juftlik medison,
Kattalar: Asal Rizayeva va Nafosat Qoziyeva, juftlik medison,
Kattalar: Nafosat Qoziyeva, omnium,
Kattalar: Nafosat Qoziyeva, ochkolar uchun guruh poygasi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA