Futbol: Abduqodir Husanovning harakati 7 ball bilan baholandi

197

Angliya Premer ligasining navbatdagi turida “Manchester Siti“ klubi mehmonda “Tottenxem“ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Manchester Siti“ tarkibida ishonchli harakatlanayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ushbu o‘yinda maydonda 90 daqiqa harakat qildi. “Manchester Siti“ –“Tottenxem” jamoalari qarama-qarshiligidagi o‘yinda maydonga tushgan futbolchilarning texnik-taktik harakatini monitoring qilgan “Sofascore” nashri Abduqodir Husanovning faoliyatini 7 ball bilan baholadi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti“ Angliya Premer ligasining 28-tur o‘yinlari oldidan 47 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Navbatdagi 28 turda “Manchester Siti“ turnir jadvalida 48 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan “Nottingem Forest” mehmoni bo‘ladi.

Uchrashuv 8 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA