Qirg‘iziston parlamenti Tojikiston bilan chegara shartnomasini ma’qulladi

188

Qirg‘iziston parlamentining tegishli qo‘mitalari qirg‘iz-tojik chegarasi haqidagi kelishuvni ma’qulladi, dedi respublika qonunchilik assambleyasi matbuot xizmati vakili jurnalistlarga.

Qo‘mitalar Bishkek va Dushanbe o‘rtasida Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasi, ikki davlat o‘rtasida avtomobil yo‘llarini qurish va yo‘llardan foydalanish, Vazirlar Mahkamalari o‘rtasida suv xo‘jaligi va energetika ob’ektlaridan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi bitimlar loyihasini ko‘rib chiqqan va ma’qullagan.

Bu ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi ming kilometrlik chegara vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va chegarachilar ishtirokidagi jiddiy mojaro hududiga aylanib qolgan edi. Bunga ayrim hududlar delimitatsiya qilinmagani, chegara chizig‘ini aniqlash imkoni yo‘qligi sabab bo‘lgan.

O‘tgan juma kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan muzokara yakunida Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari o‘zaro chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha yakuniy bayonnomani imzoladi.