Samira velotrek bo‘yicha Osiyo chempionatida to‘rtinchi medalini qo‘lga kiritdi
200

Malayziyaning Nilay shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo chempionatining so‘nggi kunidan o‘rin olgan bellashuvlar boshlandi.
Kunduzgi dastur doirasida yosh qizlar o‘rtasidagi individual ta’qib poygasi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Samira Ismoilova ham ishtirok etib, yakunda eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medal bilan taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida: Samira Ismoilova mazkur musobaqa doirasida bunga qadar 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga ega chiqqan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA