Bokschilarimizning shashti baland
200

Sofiya shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Stranja” turnirining navbatdagi kunida o‘zbek charm qo‘lqop ustalari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Aniqrog‘i, kechagi bahslarda vazni -54 kg. bo‘lgan Shahzod Muzaffarov ilk jangida Petsi Joys (Irlandiya) bilan raqobatlashdi va 5:0 hisobida zafar quchdi. +92 kg. vazndagi bokschimiz Jahongir Zokirov chorak firalda Georgi Georgiyevga qarshi kechgan bahsda, birinchi raunddan so‘ng raqibning jangdan bosh tortgani sababli g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu nufuzli musobaqada Javohir Ummataliyev va To‘rabek Habibullayev kabi charm qo‘lqop ustalarimiz ham ilk janglarida g‘olib bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA