O‘zbekiston turizm salohiyati Saudiyada namoyish etildi

237

Mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasida mamlakatimiz sayyohlik salohiyati taqdim etildi.

Tadbirda turizm biznesi, tahliliy va akademik doiralar vakillari, jurnalist-blogerlar, shuningdek Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari va faol vatandoshlarimiz ishtirok etdi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston va Ko‘rfaz mamlakatlari o‘rtasida madaniy almashinuv hamda akademik tashabbuslar davom ettirilishi muhimligini ta’kidladilar.

Respublikamizda turizm infratuzilmasini takomillashtirish, sohaga xorijiy sarmoya jalb etish hamda barqaror rivojlanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir doirasida hunarmandlik namunalari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.