Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Toshkentda
196
Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer Toshkentda o‘tadigan “Katta dubulg‘a” turniri va uning doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun yurtimizga keldi.
Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov kutib oldi.

Marius Vizer “Katta dubulg‘a“ turnirini kuzatish barobarida qator rasmiy tadbir va uchrashuvlarda ishtirok etadi.
Jumladan, bugun Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti ishtirokida tadbir tashkil etiladi. Unda Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati qatnashadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA