Putin Yevropa tinchlikparvar kuchlarini qabul qilishi mumkin

168

Kecha AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin “Yevropa tinchlikparvar kuchlarini qabul qilishga tayyorligi, bu Kremlning Kiyevga qarshi urushini tugatishga yordam berishi mumkin”ligini aytdi. Bu haqda “Politico” nashri yozgan.

– Men Putin bilan gaplashganman, – dedi Tramp. – Agar kelisha olsak, u boshqa urush qidirmaydi. RF rahbari bilan hech qanday muammo yo‘q.

Yassi xonada Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashgan Tramp mazkur urush “haftalar ichida” tugashi mumkinligiga ishonch bildirdi. Shu bilan birga muvaffaqiyatsiz kelishuv tufayli vaziyat “uchinchi jahon urushi”ga aylanib ketishidan ham ogohlantirdi.

Trampning Putin bilan gaplashishi, Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni “diktator” deb atashi Yevropa yetakchilarini Vashingtonga ishonchli ittifoqchi sifatida qaram bo‘lmaydigan dunyo qurish uchun tayyorgarlik ko‘rishga undadi.

Ma’lumki, Rossiya Ukraina muayyan hududlardan voz kechishi va NATOga qo‘shilmasligi kerakligini takrorlab keladi. Amerika rasmiylari ham ayni yondashuvni ma’qullayotgani mavjud xavotirni kuchaytirmoqda.

Dushanba kuni Yevropa yetakchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha bir necha yordam to‘plamini tasdiqlash uchun Kiyevga tashrif buyurdi. Moliya vazirlari Bryusselda, agar Qo‘shma Shtatlar yordamini qaytarib oladigan bo‘lsa, Rossiyaning muzlatilgan aktivlari musodara qilinishi imkoniyatini muhokama qilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA