“Stranja”: uch nafar bokschimiz navbatdagi bosqichda

180

Sofiya shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Stranja” turnirining navbatdagi kunida o‘zbek charm qo‘lqop ustalari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Jumladan, musobaqaning vazni -75 kg. bo‘lgan  bokschilar o‘rtasida Javohir Ummataliyev irlandiyalik Joshua Olaniyanni, -92 kg. vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan To‘rabek Habibullayev esa angliyalik Isaak Okoxni  5:0 hisobida yenggan bo‘lsa, +92 kg. vazn toifasida Jahongir Zokirov ozarbayjonlik Mahammad Abdullayevni 4:1 hisobida taslim etdi.

Afsuski, Akmaljon Isroilov, Sayat Ilyasov, Nurislom Ismoilov, Arman Maxanov va Abdurahmon Rustamov kabi bokschilarimiz o‘z vazn toifalarida raqiblariga imkoniyatni boy berdi.

Bugun, 26 fevral kuni ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Quyida ularning raqiblari bilan tanishasiz:

-54 kg: Shaxzod Muzaffarov – Petsi Joys (Irlandiya);

+92 kg: Jahongir Zokirov – Georgi Georgiyev (Bolgariya).

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA