O‘zbekiston tajribasi dunyo mamlakatlariga namuna sifatida ko‘rsatilmoqda –Bojxona qo‘mitasi

169

Jahon bojxona tashkilotining Bryusseldagi Bosh shtab kvartirasida Jahon bojxona tashkiloti Mintaqaviy tuzilmalarining 20-chi Global yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirda dunyoning tashkilotga a’zo 186 davlatidan 400 dan ortiq vakillar bevosita va bilvosita ishtirok etmoqda.

Xalqaro forumda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi nomidan Milliy kinologiya markazi direktori Farrux Qahhorov onlayn tarzda o‘z taqdimoti bilan chiqish qildi.

Tadbirning ahamiyati shundaki, tarixda ilk bor O‘zbekiston bojxonasining tajribasi namuna sifatida dunyo davlatlari e’tiboriga Jahon bojxona tashkilotidan turib, namuna sifatida ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, Milliy kinologiya markazi faoliyati haqida tayyorlangan videorolik xalqaro tadbir ishtirokchilariga namoyish qilindi.

Global forumda O‘zbekiston bilan bir qatorda bojxona sohasida ilg‘or tajriba va yutuqlarni qo‘lga kiritgan Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Koreya, Yaponiya kabi davlatlar ham o‘z tajribalarini o‘rtoqlashadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy maqomini qo‘lga kiritgan 2 ta muassasa – Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi va Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyat yuritadi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA