Zelenskiy: Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi uchun lavozimimni tark etishga tayyorman

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida tinchlik o‘rnatilishi uchun egallab turgan lavozimini tark etishga tayyorligini, faqat bu ish Ukrainaning NATOga qo‘shilishi evaziga yuz berishi mumkinligini qo‘shimcha qildi:
– Ukraina uchun tinchlik muhim bo‘lsa, haqiqatan lavozimimni tark etishim zarur ekan, bunga men tayyorman.
Yetakchi davlati xavfsizligiga 20 yildan keyin emas, bugun e’tibor qaratayotgani, hokimiyat tepasida o‘nlab yillar qolish niyati yo‘qligini ta’kidladi.
Ma’lumki, hukumat prezident saylovini harbiy holat tugagandan keyin o‘tkazishga qaror qilgan.
Moliyaviy mavzuga ham e’tibor qaratgan Zelenskiy, jumladan, muzlatilgan Rossiya aktivlarini eslab, “bu mablag‘lar haqli ravishda Ukrainaga tegishli” ekanini aytdi.
U Rossiya Federatsiyasi Kursk viloyatining Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan nazorat qilinayotgan qismi “Rossiya tomonidan vaqtincha bosib olingan” hududlarga almashtirilishi mumkinligini ham istisno etmadi va Ukraina faqat o‘z hududlaridan manfaatdorligiga urg‘u berdi.
Shuningdek, NATOga kirish masalasi muhokama uchun ochiq bo‘lishi zarurligini qatsd etarkan, shunday dedi:
– Ayni masala bo‘yicha muzokarada ko‘hna qit’adagi sheriklarimiz ham ishtirok etishi shart, chunki Ukraina Yevropaning bir qismidir. Muloqotda Ukrainaga ko‘p yordam bergan AQSH hamda Rossiya ham qatnashishi lozim.
Prezident Zelenskiy so‘zi oxirida mamlakatiga mustahkam tinchlik kerakligini yana bir bor takrorlab, Tramp Ukraina tomonida turishi tarafdori ekanini bildirdi.
G.Sattorova, O‘zA