Gandbol sport turini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

195

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 13 fevral kuni Olimpiya va paralimpiya harakatini yangi bosqichga olib chiqish, ommaviy sportni yanada rivojlantirish hamda aholining jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash sport tashkilotlari oldida turgan dolzarb vazifa sanaladi.

O‘zbekiston gandbol federatsiyasi konferensiyasida mazkur vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Konferensiyada O‘zbekiston gandbol federatsiyasining yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlandi. Federatsiya rayosati va ijroiya qo‘mitasi a’zolari, nazorat-taftish komissiyasi raisini hamda rais o‘rinbosarlarini saylash hamda hududiy vakillar tarkibini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida gandbol federatsiyasining istiqboldagi rejalari belgilab olindi. Bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA