O‘zbekiston va Qozog‘iston: media sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik izchil davom etadi
205
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Qozog‘istonning “Tengrinews”, “Massaget”, “Vesti”, “Juldыz FM”, “Tengri FM” va boshqa ko‘plab yetakchi ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan “Alash Media Group” xoldingining asoschisi va bosh direktori Zaure Kazibayeva bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilgani qayd etildi. Media sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasi batafsil muhokama qilindi. Bu qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishi haqida yakdil fikr bildirildi.


Ommaviy axborot vositalarimizga qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda, jumladan, kontent almashish, press-turlar uyushtirish, O‘zbekiston va Qozog‘istonning boy tarixiy va madaniy merosini xalqaro miqyosda ilgari surishda ularga har tomonlama ko‘maklashishga kelishib olindi.
O‘zA