Pokiston Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
862

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif 25 fevral kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Toshkent shahri xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.




So‘ng Pokiston delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yo‘l oldi.
Ikrom AVVALBOEV,
Nosirjon HAYDAROV(surat), O‘zA