Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti to‘g‘risidagi nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqoqotlar institutining Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi. Ularda:
institutning asosiy vazifalari va funksiyalari;
institut faoliyatini tashkil etish;
institutning huquqlari va majburiyatlari;
institutning mol-mulki va moliyaviy mablag‘lari;
jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish;
jamg‘arma faoliyatini boshqarish;
jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish hisobini yuritish tartiblari belgilab berilgan.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining maqomi, vazifalari va funksiyalari, huquqlari, javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs bo‘lib, o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida hisobdordir.
O‘zA