Jabrlanuvchi, guvoh va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishga oid nizom tasdiqlandi

170

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda:

jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash asoslari hamda ijtimoiy himoya qilish choralari;

jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori, uni tayinlash va to‘lash tartibi belgilab berilgan.

Ushbu karor 2025 yil 1 apreldan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zA