Nafosat Qoziyeva hamda Asal Rizayeva Osiyo chempionati shohsupasida

200

Nilay shahrida (Malayziya) velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar, yoshlar va parasportchilar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatining beshinchi kungi bahslari sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Boisi, ayollar o‘rtasida tashkil etilgan medison dasturida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Nafosat Qoziyeva hamda Asal Rizayeva tandemi marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi.

Shu tariqa, Nafosat hamda Asal terma jamoamiz uchun musobaqa doirasidagi beshinchi medalni taqdim etdi. Ayni damga kelib, delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 2 ta oltin va 3 ta bronzaga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA