Eldor Shomurodov “Roma”da porlagan oqshom

Italiya chempionatining 26-turi doirasida “Roma” va “Monsa” klublari o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu uchrashuv 4:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Quvonarlisi, mazkur o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Gap shundaki, 29 yoshli hujumchimiz bor yo‘g‘i 30 daqiqa orasida bittadan assist va golni amalga oshirgan holda o‘yin taqdirini hal qildi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Aleksis Salemakers Eldor Shomurodov tomonidan oshirilgan ajoyib uzatmani golga aylantirgan bo‘lsa, 32-daqiqada Eldorning o‘zi golga mualliflik qildi. Shuningdek, Anxelino 73-daqiqada, Brayan Kristante esa 88-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Eldor Shomurodov ushbu o‘yinda 70 daqiqa harakat qildi va “Sofascore” portali tomonidan 8.1 ballga loyiq ko‘rildi. Ushbu vaqt mobaynida futbolchimiz quyidagi statistikani qayd etdi:
Darvozaga yo‘llangan aniq zarbalar — 1
Bloklangan zarbalari — 3
Dribling urinishlari – 3/1
To‘pga teginishlar soni — 49
Uzatmalar aniqligi — 20/30 (67%)
Keskin uzatmalar — 1
Uzoq masofaga uzatmalar – 1/0
Yakka kurashlar – 8/5
Ikkinchi qavatdagi kurashlar — 2/1
To‘pni yo‘qotishlar – 17
Unga nisbatan qoida buzilishi – 1
To‘p tortib olish – 3
Ma’lumot o‘rnida: Klaudio Raneri boshchiligidagi rimliklar navbatdagi uchrashuvini 2 mart kuni “Komo“ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi. Hozirda “Roma” “A” seriyada 40 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA