“Humo” safarda ham g‘alaba qozondi
174
Toshkentning “Humo” xokkey klubi Qozog‘iston muntazam chempionatining pley-off bosqichi doirasida “Gornyak” jamoasiga qarshi uchinchi o‘yinni o‘tkazdi.
Rudniy shahrida tashkil etilgan o‘yin 1:3 hisobida yakunlandi. Endi ushbu klublar 26 fevral kuni 4-uchrashuvda maydonga tushadi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, musobaqaning mazkur bosqichida jamoalar 4 ta g‘alabaga qadar bahs olib boradilar.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtimizda o‘tkazilgan “Humo” va “Gornyak” o‘rtasidagi ikki o‘yinda poytaxtimiz klubi 5:3 hamda 4:3 hisobida zafar quchgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA