Sportchilarimiz Bokuda kumush medalga sazovor bo‘ldi

180

Ozarbayjon poytaxti Bokuda batutdan sakrash bo‘yicha o‘tgan jahon kubogi bosqichida 14 ta davlatning 100 nafardan ziyod sportchilari orasida o‘zbekistonlik atletlar munosib natijalarni qayd etdi.

Terma jamoamiz a’zolari Mirshohid Hasanboyev va Farangiz Ruziyeva aralash juftlik musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasidagi juftlik bahslarida Anjelika Markelova va Farangiz Ruziyeva sinxron sakrash dasturida 5-o‘rinni egalladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA