Fujayradan karatechilarimiz 10 ta medal bilan qaytadi

222

BAAning Fujayra shahrida karate WKF bo‘yicha jahon reyting ballarini beruvchi “Yoshlar ligasi” turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush hamda 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Musobaqada barcha raqiblarini yenggan Sarvinoz Lapasova (-54 kg.) hamda Mohinur Teshaboyeva (-53 kg.) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Madinabonu Olimova (-50 kg.), Humoyunmirzo Halimov (-55 kg.) hamda Jobir Davlatov (-63 kg.) finalga qadar o‘tgan janglarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi va yakunda kumush medaliga ega chiqdi.

Shuningdek, o‘z yosh toifalarida Gulshan Alimardonova (-50 kg.), Abdul Vahob Rashidov (-67 kg.), Samandar Zokirov (-68 kg.), Yusuf Allamurodov Qilichbek Baxtiyorov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi, deya xabar bermoqda Sport vazirligi matbuot xizmati.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA